“Bavariya” MYU yetakchisini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
Sport
−
26 Oktabr
1693Germaniyaning “Bavariya” klubi Angliyaning “Manchester Yunayted” jamoasining 26 yoshli vingeri Markus Reshfordga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda “TEAMtalk” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, angliyalik futbolchiga Myunxen klubi bilan bir qatorda PSJ va “Marsel” ham og‘iz solmoqda.
Joriy mavsumda 26 yoshli hujumchi barcha turnirlar doirasida 13 ta uchrashuvda ishtirok etib, 4 ta gol va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar amal qiladi. “Transfermarkt” portalida berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 60 million yevroni tashkil qiladi.