“Bavariya” “Man Siti” a’zosini o‘z safiga qo‘shib olishga yaqin turibdi
Sport
−
14 iyul 2023
3362Germaniyaning “Bavariya” klubi “Manchester Siti” a’zosi Kayl Uoker bilan shartnoma borasida kelishib oldi. Bu haqda futbol jurnalisti Florian Plettenberg o‘z Twitter sahifasida ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, nemis klubining Uoker bilan imzolanadigan shartnomasi yana bir mavsumga uzaytirish varianti bilan 2025 yilgacha mo‘ljallangan. Endi “Bavariya” “Manchester Siti” bilan Uokerning transfer narxi bo‘yicha kelishib olishi kerak.
Uoker o‘tgan mavsum “shaharliklar” safida umumiy 39 ta o‘yinda maydonga tushib 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Himoyachi “Man Siti” bilan Yevropa Chempionlar ligasi, Angliya chempionati va Angliya kubogida g‘olib bo‘lib, trebl qayd etdi. “Transfermarkt”ga ko‘ra, angliyalik 33 yoshli futbolchining qiymati 13 million yevroni tashkil etadi. Uokerning “Man Siti” bilan shartnomasi 2024 yilga qadar mo‘ljallangan.
LiveBarchasi