“Bavariya” Keyn bilan yangi shartnoma tuzmoqchi

Sport

image

Angliya terma jamoasi hujumchisi Harri Keyn “Bavariya” klubi bilan amaldagi shartnomasini 2029 yil yoziga qadar uzaytiradi. Bu haqda “The Times” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralar shu haftada boshlanishi kutilmoqda. Angliyalik futbolchi ta’tildan qaytib, klub rahbariyati bilan yangi bitim shartlarini muhokama qiladi.

Keynning maoshi o‘zgarishsiz qolishi va yiliga taxminan 25 million yevroni tashkil etishi kutilmoqda.

Hujumchining “Bavariya” bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil iyun oyining oxiriga qadar amal qiladi. Myunxen klubi Keynni sotishni rejalashtirmayapti va uni uzoq muddat jamoada saqlab qolishga umid qilmoqda.

Ma’lumot uchun, Keyn 2023 yil yozida “Tottenxem”dan “Bavariya”ga 100 million yevro evaziga o‘tgan edi. O‘tgan mavsumda 33 yoshli hujumchi 51 ta uchrashuvda 61 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing