“Bavariya” futbolchilarida koronavirus aniqlandi
Sport
−
05 yanvar 2022
1994“Bavariya”ning ikki asosiy futbolchilari – yarim himoyachisi Leroy Sane va himoyachi Dayo Upamekano koronavirusga chalindi.
Myunxen klubi rasmiy sayti xabariga ko‘ra, har ikki futbolchining COVID-19 uchun topshirgan testi musbat natija bergan. Hozirda Sane va Upamekano o‘z uyida yakkalangan holda da’volanmoqda.
Bundan avval himoyachilar Lyuka Ernandes, Omar Richards hamda Tanguy Nyanzu Kuassi, darvozabon Manuel Noyer, vinger Kingsli Koman, yarim himoyachi Korentin Tolisso va yordamchi murabbiy Dino Topmellerda ham koronavirus aniqlangan.
Ma’lumot uchun, “Bavariya” navbatdagi uchrashuvni joriy yilning 7 yanvar kuni Germaniya chempionati 18-turi doirasida Myonxengladbaxning “Borussiya”si bilan bahs olib boradi.
Myunxenliklar ayni damda 43 ochko to‘plagan holda Bundesliga turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda va “Borussiya Dortmund”ni 9 ochkoga ortda qoldirmoqda.