“Bavariya” “Barselona” a’zosi uchun salkam 100 mln yevro taklif qildi

Sport

image

Germaniyaning “Bavariya” klubi yanvar oyidan beri “Barselona”ning asosiy markaziy himoyachisi Ronald Arauxoga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda “Mundo Deportivo” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Myunxen klubi “Barselona”ga urugvaylik futbolchisi uchun turli bonuslar ko‘rinishida 80 million + 10 million yevro taklif qilgan, biroq Ispaniya klubi Arauxoni qishki transfer oynasida sotishni istamadi. Natijada “Bavariya” himoya markazidagi muammoni “Tottenxem”dan Erik Dayer transferi orqali hal qilishga majbur bo‘ldi.

“Barselona” Arauxoni klub bilan 2026 yilning yozida tugaydigan shartnomasini uzaytirmasa, uni sotib yuborishga tayyor.

Joriy mavsumda Arauxo “Barselona” safida barcha turnirlarda 28 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta gol urdi. Umumiy hisobda, himoyachi kataloniyaliklar safida 141 ta o‘yin o‘tkazib, 8 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Germaniya Barselona Bavariya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing