“Bavariya” angliyalik futbolchisi bilan xayrlashadi

Sport

image

Myunxenning “Bavariya” klubi markaziy himoyachisi Erik Dayer joriy mavsum yakunida jamoani tark etadi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Angliyalik futbolchi faoliyatini Fransiyaning “Monako” klubida davom ettirishi mumkin.

31 yoshli Dayer o‘tgan yili iyun oyida “Bavariya”ga ko‘chib o‘tgandi. Joriy mavsumda u barcha turnirlarda 25 ta uchrashuvda qatnashib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. “Transfermarkt” internet portalida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 8 million yevroni tashkil qiladi.

Bundesliganing 31-turidan keyin “Bavariya” 75 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalida 1-o‘rinni egallab turibdi va keyingi turdagi g‘alaba myunxenliklarga navbatdagi chempionlikni taqdim etadi.


Maqola muallifi

Teglar

Bavariya Erik Dayer

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing