“Bavariya” 2022 yilni mag‘lubiyat bilan boshladi

Sport

image

Bugun, 8 yanvar kuni Germaniya Bundesligasining 18-turidan o‘rin olgan uchrashuvda “Bavariya” Myonxengladbaxning “Borussiya”sini qabul qildi va 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Uchrashuvning 18-daqiqasida Robert Levandovski Tomas Myullerning uzatmasidan so‘ng, hisobni ochdi va 2022 yilda Bundesligadagi ilk golni kiritdi. Biroq gladbaxliklar Florian Noyxaus va Shtefan Laynerning gollari evaziga g‘alaba qozonib, chempionatga intrigani qaytardi.

Yulian Nagelsmann murabbiyligidagi jamoa ketma-ket 65-bahsda ham raqib darvozasini ishg‘ol etdi va kiritilgan gollar soni bo‘yicha chempionat rekordini takrorladi. Bundan avvalgi rekord ham “Bavariya”ga tegishli bo‘lgan va 2012 yilning aprelidan 2014 yilning martiga qadar myunxenliklar hech bir uchrashuvni golsiz tark etmagan. 

Ma’lumot uchun, mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsa-da, Germaniya chempionatida “Bavariya” peshqadamlik qilmoqda. Jamoa 17 ta o‘yinda 43 ochko jamg‘argan. Ikkinchi o‘rindagi “Borussiya Dortmund” 34 ochkoga ega. Kuchli uchlikka “Frayburg” yakun yasagan (29 ochko).
 


Maqola muallifi

Teglar

Bavariya Bundesliga Levandovski

Baholaganlar

17

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing