“Bavariya” 17 yoshli futbolchi uchun 20 million yevro to‘ladi

Sport

image

Germaniyaning “Bavariya” jamoasi “Renn” klubining yosh futbolchisi Matis Tel bilan shartnoma imzolaganini e’lon qildi. Bu haqda nemis klubi matbuot xizmati xabar berdi.

"Bavariya" dunyoning eng yaxshi jamoalaridan biridir. Meni oldinda katta sinovlar kutmoqda. Bu klub uchun qo‘limdan kelgan hamma narsamni beraman. Hasan Salihamijich va “Bavariya” rahbariyati bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralar menda katta taassurot qoldirdi. Shundan so‘ng, Myunxenda bo‘lishni juda xohlayotganimni tezda angladim", degan “Bavariya”ning yangi futbolchisi.

Jurnalist, insayder  Fabritsio Romanoga ko‘ra, 17 yoshli hujumchining transferi Myunxen klubiga 20+8,5 million yevroga tushadi. Futbolchi 2027 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzolagan.

Ma’lumot uchun, fransiyalik futbolchi “Bavariya” safida 39-raqam ostida o‘ynaydi.


Maqola muallifi

Teglar

“Bavariya” Matis Tel'

Baholaganlar

16

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing