“Bavariya” hujumchisiga “Barsa” va “Chelsi” xaridor

Sport

image

Germaniyaning “Bavariya” klubi hujumchisi Kingsli Koman rahbariyat bilan 2023-yilda tugaydigan shartnomani yangilash borasida kelisha olmayapti.

“Sport Bild” nashrining yozishicha, 25 yoshli futbolchi yiliga 10 million yevro miqdorida oluvchi maoshini 20 millionga ko‘tarishni xohlamoqda. Biroq Myunxen klubi bu taklifga rozi bo‘lmay, yiliga 13 million yevro maosh taklif qilgan.

Komanning agentlari mijozining shartnoma muddati tugagandan so‘ng klubni erkin agent maqomida tark etish variantini taklif qilmoqda. Vaziyatni vingerga qiziqish bildirayotgan “Barselona” va “Chelsi” kuzatib bormoqda. 

Kataloniyaliklar yangi bosh murabbiyi bo‘lishi kutilayotgan Xavi uni jamoaga olib kelishni rahbariyatdan so‘ragan. Shu sababli, “Barsa” futbolchi uchun nemis klubiga 40 million yevro taklif qilmoqchi. “Transfermarkt” portaliga ko‘ra, futbolchining ayni damdagi transfer narxi esa 55 million yevroni tashkil qilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Chelsi Barselona Bavariya Kingsli Koman

Baholaganlar

58

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing