Bashar Asadning rafiqasi leykemiyaga chalindi

Olam

image

Suriya Prezidenti Bashar Asadning rafiqasi Asma Asadga o‘tkir miyeloid leykemiya tashxisi qo‘yildi. Bu haqda davlat rahbari devonining rasmiy bayonotiga tayanib, SANA xabar berdi.

Bayonotda aytilishicha, Prezidentning rafiqasida muayyan alomatlar sezilgan, shundan so‘ng Asad xonim ko‘rikdan o‘tgan.

Miyeloid leykemiya belgilariga quyidagilar kiradi: charchoq, rangparlik, qon ketish va qon ketishga moyillik, isitma.

Davolanish davrida Asma Asad rasmiy va ommaviy tadbirlarda qatnashmaydi.

2018 yilda Asad xonimga ko‘krak bezi saratoni tashxisi ham qo‘yilgan edi. 2019 yilda Asma Asad saraton kasalligini yengib kelayotgani e’lon qilindi.

U Londonda tug‘ilgan va Britaniya fuqaroligiga ega. Asad xonim London Qirollik kollejini tamomlagan. 2000 yilda u Suriyaga borib, u yerda Bashar Asad bilan uchrashgan. Er-xotinning uch nafar farzandi bor.


Maqola muallifi

Teglar

Bashar Asad leykemiya Asma Asad

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing