Bashar Asad va uning rafiqasi koronavirusga chalindi

Olam

image
0:00
0:00
download

Suriya Prezidenti Bashar Asad va uning turmush o‘rtog‘i Asmaning COVID-19 ga topshirgan testi ijobiy natija ko‘rsatdi. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.

“Prezident va uning rafiqasi COVID-19 bilan kasallanishga o‘xshash yengil alomatlarni sezgani uchun PZR-test topshirdi. Natijalar ular virus yuqtirganini ko‘rsatdi”, deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, birinchi juftlikning ahvoli yaxshi va hozirda ular uyda karantinga olingan. Bu 2-3 hafta davom etishi mumkin.

JSST ma’lumotiga ko‘ra, 2020 yil yanvardan 2021 yil martgacha Suriyada 15 981 kishida koronavirus aniqlangan. Ularning 1063 nafari halok bo‘lgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

174

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing