Bashar Asad o‘limga hukm qilindi
Olam
−
14:27 9947 2 daqiqa
Bugun, 11 avgust kuni Suriya sudi respublikaning sobiq prezidenti Bashar Asadni o‘lim jazosiga hukm qildi. Bu haqda “Syrian Arab News Agency” xabar berdi.
Qayd etilishicha, sud sobiq prezidentni insoniyatga qarshi jinoyatlarda aybdor deb topgan. Asadning xolavachchasi Otif Najibga ham shunday jazo tayinlangan – u Suriya armiyasining sobiq brigada generali bo‘lib, Dar’a janubiy viloyatidagi norozilik namoyishlarini bostirishga rahbarlik qilganlikda ayblangan. U 2025 yilning yanvarida qo‘lga olingan va sudda shaxsan ishtirok etgan.
Bundan tashqari, Asadning yana yetti nafar safdoshi o‘lim jazosiga hukm qilingan. Ularga Suriyaning sobiq prezidentining o‘ziga bo‘lgani kabi jazo sirtdan tayinlangan. Ular qasddan odam o‘ldirish, shuningdek, o‘limga olib kelgan qiynoqlar uchun aybdor deb topilgan.
Asad 2024 yilning dekabrida ag‘darilgan edi. U Rossiyaga qochib ketdi va u yerdan boshpana oldi. Hokimiyat tepasiga muxolifat keldi, o‘tish davrida mamlakatni Ahmad ash-Shara boshqarmoqda.
Bashar Asad Siriyani 2000 yildan beri, otasi Hofiz Asaddan so‘ng muqobilsiz referendum yakunlari bo‘yicha davlat rahbari lavozimini qabul qilib olib boshqarib kelayotgan edi. 2024 yil 8 dekabrga o‘tar kechasi muxolifat Damashqqa kirdi. Bashar Asad mamlakat poytaxtini samolyotda tark etdi. Rossiya TIV vaziri o‘rinbosari Sergey Ryabkov Asadning bexatar joyda, Rossiyada ekanini aytgan edi. Kreml esa uning mamlakatda bo‘lib turganiga oid tafsilotlarni ochiqlashdan bosh tortdi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning oktyabr oyida Germaniyaning “Zeit” gazetasi Asad oilasining yaqin atrofidagi manbaga tayanib, mamlakatni tark etganidan so‘ng Asad oilasi bilan birga Moskva-Sitida yashayotgani va soatlab onlayn-o‘yinlar o‘ynab vaqt o‘tkazayotganini yozgan edi.
Live
Barchasi