Bashar Asad kurdlar bilan hamkorlik qilish qarorini izohladi
Olam
−
22 Oktabr 2019
4071Idlibda Suriya Prezidenti Bashar Asad harbiylar bilan uchrashdi va kurdlar bilan tuzilgan bitimlar doirasida Turkiya bilan chegarada qo‘shinlarning joylashtirilishi haqida izoh berdi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
Davlat rahbari mamlakat shimolida Turkiyaning "tajovuzi" boshlanganidan so‘ng, rasmiylar mintaqaning turli siyosiy va harbiy kuchlari bilan bog‘lanib, Turkiyaga qarshi har qanday guruhni qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanini ta’kidladi.
"Bu siyosiy qaror emas, balki konstitutsiyaviy va vatanparvarlik burchidir. Agar biz bunday qilmasak, biz bu yerga loyiq emasmiz", dedi Bashar Asad.
Prezidentning ta’kidlashicha, kurdlar Damashqni Suriyaning shimolini himoya qilishga tayyor ekaniga ko‘pdan beri ishontirgan, ammo Turkiya bir necha kun ichida " bir qancha shaharlarni egallab olgan.
Asad Turkiya rahbarini Suriya hududlari va resurslarini talagan o‘g‘ri deb atadi.
Suriya rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Idlib uchun jang mamlakatdagi betartiblik va terrorizmni yo‘q qilishning kalitidir. Asad Suriyaning barcha mintaqalari bir xil ahamiyatga ega ekanini, ammo harbiy vaziyatga qarab, muayyan hududlarga ustuvorlik berilishini ta’kidladi.
Shu yilning 9 oktyabr kuni Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Kurdiston ishchilar partiyasi va "Islomiy davlat" ga qarshi Suriyaning shimolida "Tinchlik manbai" operatsiyasini boshlaganini e’lon qildi.
Anqara mintaqadagi Suriya qurolli muxolifati tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda.
Turkiyaning ko‘plab G‘arbdagi sheriklari, shu jumladan AQSH ham Erdo‘g‘anning qarorini qoraladi.
Shu bilan birga, oldinroq kurdlarni qo‘llab-quvvatlagan Vashington qo‘shinlari olib chiqilishini e’lon qildi.
Kurdlar buni kelishuvlarning buzilishi deb hisobladi va Damashq bilan turklarga qarshi qarshilik ko‘rsatish to‘g‘risida bitim tuzdi.
Shunday qilib, Suriya armiyasi shimoliy chegara bo‘ylab hududlarni egallashi kerak.
Hukumat qo‘shinlari hozirda Raqqa viloyati va Alepponing shimolidagi bir qator aholi punktlariga kiritilgan va Ayn al-Arab (Kobani) shahridagi chegara-nazorat punktini nazorat qilmoqda.