Bashar Asad Xitoyga boradi

Olam

image

Suriya Prezidenti Bashar Asad rafiqasi bilan Xitoy rahbarining taklifiga binoan 21 sentyabr kuni rasmiy tashrif bilan Xitoyga boradi. Bu haqda arab respublikasi rahbari idorasi xabar berdi.

“Xitoy raisi Si Szinpinning rasmiy taklifiga binoan Prezident Bashar Asad va birinchi xonim Asma Asad 21 -sentyabr kuni Xitoyga tashrif buyuradi”, deyiladi bu haqdagi xabarda.

Qayd etilishicha, Asad rafiqasi bilan Pekindagi Suriya-Xitoy sammitida ishtirok etishdan tashqari Xitoyning Chjetszyan provinsiyasi markazi Xanchjou shahriga ham tashrif buyuradi.

Suriya Prezidentiga biznes vakillaridan iborat delegatsiya hamrohlik qilishi rejalashtirilgan va ular xitoylik hamkorlari bilan uchrashuvlar o‘tkazadi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Saudiya Arabistonining “Elaph” nashri Suriya Prezidenti Bashar Asad o‘z mamlakatida boshqaruv shaklini respublika boshqaruvidan monarxiyaga o‘zgartirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqayotganini yozgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Bashar Asad

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing