“Bas qiling”. Moskva Baku va Yerevanni muzokara stoliga chaqirdi

Olam

image

Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligi Ozarbayjon va Armanistonning Tog‘li Qorabog‘ mojaroli zonasidagi vaziyatning keskinlashishi munosabati bilan bayonot berdi. 

"Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, Tog‘li Qorabog‘ mojaroli zonasida vaziyat keskin yomonlashdi. Ikki tomondan ham aloqa liniyasi bo‘ylab kuchli o‘q otilmoqda. Qurbonlar borligi haqida xabarlar bor. Biz tomonlarni zudlik bilan o‘t o‘chish to‘xtatishga va vaziyatni barqarorlashtirish maqsadida muzokaralarni boshlashga chaqiramiz", deyiladi xabarda.  

Rasmiy Bakuga ko‘ra, Armaniston Qurolli Kuchlari bugun, 27 sentyabr kuni soat 06:00 dan boshlab Ozarbayjonga qarshi keng ko‘lamli provokatsiyalarni amalga oshirdi, butun front bo‘ylab Ozarbayjon armiyasining pozitsiyalarini, shuningdek, oldingi chiziq zonasida joylashgan aholi punktlarini o‘qqa tutdi. Armaniston esa hujum Ozarbayjon qurolli kuchlari tomonidan boshlaganini aytmoqda.

Bakuning ta’kidlashicha, hududdagi fuqarolik infratuzilmasiga jiddiy zarar yetkazilgan. Shu bois Ozarbayjon Qurolli kuchlari qarshi javob hujumlarini boshlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Ozarbayjon-Armaniston Quroli to'qnashuv Qorabog' to'qnashuvi

Baholaganlar

349

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing