“Barselona” YeCHLning so‘nggi ikki pley-off o‘yinida 12 ta gol o‘tkazdi

Sport

image

"Barselona" Chempionlar Ligasining so‘nggi ikki pley-off o‘yinlarida o‘z darvozasidan 12 ta gol o‘tkazib yubordi. 

Kecha, 16 fevral kuni musobaqaning 1/8 final birinchi o‘yinida Kataloniya jamoasi "PSJ"ga 1:4 hisobida yutqazdi. 

E’tiborlisi, "Barselona" o‘yinning 27-daqiqasida hisobni ochdi, ammo parijliklar tezda hisobni tenglashtirishdi va ikkinchi bo‘limda kataloniyaliklar darvozasiga yana uchta gol urildi. 

Shu tariqa, "Barselona" Chempionlar Ligasining so‘nggi ikki pley-off o‘yinlarida 12 ta gol o‘tkazib yubordi. 

Ma’lumot o‘rnida, 2019/20 yilgi mavsumning chorak final uchrashuvida kataloniyaliklar "Bavariya"ga 2:8 hisobida yutqazgan.

Shuningdek, kecha "RB Leypsig" va "Liverpul" o‘rtasida ham bahs bo‘lib o‘tdi. Unda Saloh jamoasi 2:0  hisobida g‘alaba qozondi.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona

Baholaganlar

55

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing