“Barselona” YeCHLda o‘ziga xos natija qayd etdi

Sport

image

Ispaniyaning “Barselona” klubi Italiyaning “Napoli” jamoasiga qarshi Yevropa Chempionlar ligasi (YeCHL) 1/8 final javob o‘yinini 16 va 17 yoshli futbolchilar bilan boshladi.

Kataloniyaliklarning 17 yoshli himoyachisi Pau Kubarsi va 16 yoshli qanot hujumchisi Lamin Yamal bahsda asosiy tarkibda harakat qildi. Shunday qilib, “Barselona” tarixda 18 yoshgacha bo‘lgan ikki futbolchini Yevropa Chempionlar ligasining pley-off bosqichida asosiy tarkibda maydonga tushirgan birinchi jamoa bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, “Barselona” va “Napoli” jamoalari o‘rtasida kechgan YeCHL 1/8 finali javob o‘yinida mezbonlar 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. Shunday qilib, “ko‘k-anorranglilar” ikki o‘yin natijasiga ko‘ra, 4:2 hisobida neapolliklardan ustun kelib, musobaqaning 1/4 finaliga yo‘l oldi.

Bugun, 13 mart kuni YeCHLning 1/8 final o‘yinlari yakunlanadi. Madridda “Atletiko” Milanning “Inter” klubi bilan kuch sinashsa, Germaniyaning “Borussiya”si o‘z uyida Niderlandiyaning PSV klubini qabul qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Napoli Evropa Chempionlar ligasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing