“Barselona” yarim himoyachisi bilan shartnomani uzaytirdi
Sport
−
15 Oktabr 2025 1256 1 daqiqa
Ispaniyaning “Barselona” klubi Niderlandiya terma jamoasi yarim himoyachisi Frenki de Yong bilan yangi uzoq muddatli shartnoma imzoladi. 28 yoshli futbolchi klub bilan amaldagi shartnomasini 2029 yil yoziga qadar uzaytirdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Yangi bitim shartlariga ko‘ra, de Yongning tovon puli 500 million yevro etib belgilangan. Bu raqam futbolchini “Barselona” safidagi eng qimmat o‘yinchilardan biriga aylantiradi. Shuningdek, u endilikda Pedri va Rafinya bilan bir qatorda klubning eng yuqori maosh oluvchi futbolchilar qatoriga kiradi.
Frenki de Yong 2019 yilda “Ayaks”dan 75 million yevro evaziga “Barselona”ga transfer qilingan edi. Shu vaqtgacha u klub safida 267 ta o‘yinda maydonga tushib, 19 ta gol urgan va 24 ta golli uzatma muallifi bo‘lgan.
Ma’lumot uchun, Frenki de Yong o‘tgan mavsumda “Barselona”da 46 ta o‘yinda maydonga tushdi va La Liga chempionligi, Ispaniya kubogi va Superkubogini qo‘lga kiritdi. De Yong “Barselona” safida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan ikkinchi niderlandiyalik futbolchi hisoblanadi. Bu borada yetakchi jamoa afsonasi Yoxann Kroyf.
Live
Barchasi