“Barselona” yangi mavsumdan “Kamp Nou”da o‘ynamaydi
Sport
−
01 aprel 2023 8133 1 daqiqa
Ispaniyaning “Barselona” klubi “Kamp Nou” stadioni rekonstruksiya qilinishi munosabati bilan kelasi mavsumdan boshlab uy uchrashuvlarini “Olimpiya” stadionida o‘tkazadi. Bu haqda “Marca” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, klub allaqachon bu haqda Ispaniya futbol federatsiyasiga ma’lum qilgan. O‘z navbatida Kataloniya klubi UEFAni ham ushbu qaroridan xabardor qilishi kerak.
“Barselona” klubi “Olimpiya” stadionida 2024 yilning noyabrigacha o‘ynashi kutilmoqda. Arena 55 926 tomoshabinga mo‘ljallangan.
Joriy mavsumda Xavi shogirdlari Ispaniya La Ligasida peshqadamlik qilmoqda. Ortda qolgan 26 ta turdan so‘ng “Barselona” 68 ochko bilan eng yaqin ta’qibchisi Madridning “Real” klubini 12 ochkoga ortda qoldirmoqda.
Live
BarchasiNavoiyda Qorbobolar paradi o‘tkazildi
25 dekabr
Mariya Zaxarova 50 yoshga to‘ldi
25 dekabr