“Barselona” yangi bosh murabbiyni tayinladi

Sport

image

Avvalroq, 55 yoshli ispaniyalik mutaxassis Ernesto Valverde “Barselona” klubi bosh murabbiyi lavozimidan ketgani haqida xabar bergan edik. 

Iste’foga chiqarilgan Ernesto Valverde o‘rniga yangi bosh murabbiy etib 61 yoshli ispaniyalik mutaxassis Kike Setenni tayinlandi.

Kike Setenni bilan shartnoma 2022 yilning 30 iyuniga qadar imzolangan. Tanishtiruv marosimi bugun, 14 yanvar kuni o‘tkaziladi.

Setenning so‘nggi ish joyi “Betis” klubi bo‘lgandi. Kike ushbu klub bilan 2017/2018 yilgi mavsumda “La Liga”da 6-o‘rinni egallagan, 2018/2019 yilgi mavsumda esa Ispaniya kubogi yarim finaligacha yetib kelgandi. Ispan murabbiyi “Rasing», “Poli Exido”, Ekvatorial Gvineya, “Logrones”, “Lugo” va “Las-Palmas” singari jamoalarda ham faoliyat olib borgan.

Ma’lumot uchun, “Barselona” Ispaniya Superkubogi doirasida “Atletiko”ga mag‘lub bo‘lgach, klub jamoa sobiq futbolchisi Xavi bilan ham muzokara olib bordi, ammo Qatarda faoliyat olib borayotgan Xavi taklifni rad etdi.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Kike Set'en

Baholaganlar

105

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing