“Barselona” yana “Kamp Nou”ni tark etadi – OAV

Sport

image

Ispaniyaning “Barselona” klubi “Kamp Nou” stadionida olib borilayotgan ta’mirlash ishlari sababli 2027-2028 yilgi mavsumni Olimpiya stadionida boshlaydi. Bu haqda ESPN xabar berdi.

Bir necha kun oldin “Barselona” “Kamp Nou”ni ta’mirlash loyihasini yakunlash uchun qo‘shimcha 510 million yevro mablag‘ ajratishni ma’qullagan edi. Klub stadionni rekonstruksiya qilish doirasida tom o‘rnatilishi rejalashtirilayotgani sababli 2027-2028 yilgi mavsum boshlanishidan oldin asosiy arenani bo‘shatishi kerak bo‘ladi.

Qayd etilishicha, amaldagi Ispaniya chempioni 2028 yilgi qishki tanaffusdan so‘ng “Kamp Nou”ga qaytishi kutilmoqda.

Ayni vaqtda stadionning sig‘imi taxminan 62 ming tomoshabin bilan cheklangan. “Barselona” 2028 yilda “Kamp Nou”ga qaytganida arena sig‘imi 95 ming kishiga yetkazilishi, 2028-2029 yilgi mavsum boshlanishiga kelib esa bu ko‘rsatkich 105 ming nafarga oshirilishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 15 sentyabr kuni Yevropa futbol ittifoqi (UEFA) 2029 yilgi Chempionlar ligasi finali “Kamp Nou” stadionida o‘tkazilishini ma’lum qilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing