“Barselona” Yamalning xatti-harakatidan xavotirda
Sport
−
18 Oktabr 9426 1 daqiqa
“Barselona” rahbariyati 18 yoshli vinger Lamin Yamalning so‘nggi paytlardagi xatti-harakatlari va turmush tarzidan norozi. Bu haqda jurnadist, insayder Manu Karrenyoga tayangan holda “Football” nashri xabar berdi.
“Laminning kundalik hayotida biroz xavotirli holatlar kuzatilmoqda. Bu vahima uchun sabab emas, biroq klub so‘nggi oylarda uning ayrim xatti-harakatlari va turmush tarzidan mamnun emas”, dedi Karrenyo.
Yamalga yaqin manbalar futbolchining kechki tadbirlarga tez-tez qatnashayotgani, mashg‘ulotlarda esa ba’zan sustkashlik qilayotgani haqida so‘z yuritgan. Klub vakillari bu holatni jiddiy muammo deb bilmayapti, biroq Yamalning yosh bo‘lishi va tez mashhurlikka erishgani uning e’tiborini maydondan chalg‘itayotganidan xavotirda.
Jurnalistning ma’lum qilishicha, Yamal Chempionlar ligasidagi PSJga qarshi o‘yin oldidan mashg‘ulotlarga kechikib kelgan. Klub sport direktori Deko bosh murabbiy Xansi Flikni Yamalni jazolamaslikka ko‘ndirgan. Flik odatda mashg‘ulotlarga kechikkan futbolchilarni asosiy tarkibdan chetlashtirardi. Biroq keyinchalik nemis mutaxassis bu qarorini o‘zgartirgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Barselona”ga Yamin Yamal uchun Saudiyaning “Al Hilol” klubidan 400 millionlik rekord taklif kelib tushgani haqida xabar berilgan edi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr