“Barselona” Yamalning kelajagi borasida bir qarorga keldi

Sport

image

“Barselona” vingeri Lamin Yamal Kataloniya jamoasi bilan shartnomasini uzaytirishi mumkin. Bu haqda “Marca” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, kelasi yoz futbolchi 18 yoshga to‘lganda, Kataloniya klubi futbolchiga sezilarli darajada yaxshilangan shartlarda 2030 yilgacha yangi shartnoma imzolashni taklif qiladi.

“Transfermarkt” portali Yamalning transfer qiymatini 120 million yevroga baholamoqda. Joriy mavsumda u klub safida barcha musobaqalarda beshta o‘yinda qatnashib, 3 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Yamal va “ko‘k-anorranglilar” o‘rtasidagi amaldagi kelishuv 2026 yilning yoziga qadar amal qiladi.

Qayd etish joiz, Yamal shu yil Germaniyada bo‘lib o‘tgan Yevropa chempionatida o‘zini ijobiy tomondan ko‘rsatib, yakunda termasi bilan qit’a chempioniga aylandi. Bu esa uning transfer narxi keskin oshishiga xizmat qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Lamin Yamal

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing