“Barselona” va “Arsenal” futbolchi almashishi mumkin

Sport

image
0:00
0:00
download

“Barselona” hujumchisi Ansu Fatini “Arsenal” yarim himoyachisi Martin Edegorga almashtirishga tayyor. Bu haqda “El Nacional” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Kataloniya jamoasi prezidenti Joan Laporta 20 yoshli ispaniyalik futbolchi bilan xayrlashishni istamaydi, biroq norvegiyalik yarim himoyachini o‘z ichiga olishi mumkin bo‘lgan transferga rozi bo‘lishga tayyor.

London klubining 24 yoshli yarim himoyachisiga “Bavariya” va PSJ klublari ham qiziqish bildirmoqda. Uning “Arsenal” bilan shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Edegor avvalroq “Real”da o‘ynagan.

Edegor joriy mavsumda “kanonirlar” safida barcha musobaqalarda 43 ta o‘yinda maydonga tushib, 15 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi. “Transfermarkt” portali futbolchining transfer qiymatini 80 million yevroga baholamoqda.


Maqola muallifi

Teglar

“Barselona” “Arsenal”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing