“Barselona” ustidan qozonilgan g‘alaba Mbappening “Real”ga o‘tish qaroriga ta’sir qiladimi?

Sport

image

“Barselona” ustidan qozonilgan g‘alaba PSJ hujumchisi Kilian Mbappening “Real”ga o‘tish qarorini o‘zgartirmaydi. Bu haqda futbolchining o‘zi X sahifasida ma’lum qildi.

25 yoshli futbolchi 2024 yilning fevral oyining birinchi haftasida “Real” bilan shartnoma imzolagan. Futbolchining klub bilan shartnomasi 5 yilga mo‘ljallangan.

Shuningdek, Mbappe yozda Madridga o‘tganidan so‘ng besh yil davomida jami 225 million yevro ishlab oladi va fransuz forvardi erkin agent sifatida “qirollik klubi”ga o‘tgani uchun taxminan 150 million yevro bonusga ega bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, Mbappe 2017 yildan beri PSJda o‘ynab kelmoqda. 25 yoshli futbolchi parijliklar bilan 13 ta sovrin yutgan. Joriy mavsumda forvard barcha turnirlarda 42 ta o‘yin o‘tkazib, 41 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Futbolchining fransuz klubi bilan shartnomasi shu yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi. “Transfermarkt” internet portaliga ko‘ra, futbolchining narxi 180 million yevroni tashkil qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Kilian Mbappe PSJ

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing