“Barselona” “Tottenxem” yetakchisini tekinga qo‘lga kiritmoqchi

Sport

image

Kataloniyaning “Barselona” klubi yozgi transferlar oynasida Londonning “Tottenxem” jamoasi yetakchisi Son Xyon Minni safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda “El Nacional” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, moliyaviy qiyinchilik sabab “ko‘k-anorranglilar” shu yil yozida erkin agentga aylanadigan “shporlar” vingeri Son Xyon Minni tekinga qo‘lga kiritmoqchi. Shuningdek, “Barselona” agar Olmo ro‘yxatdan o‘tkazilmagan taqdirda uning o‘rnini koreyalik futbolchi bilan to‘ldirishni maqsad qilgan.

Shu o‘rinda, Sonning londonliklar bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning yozida yakuniga yetadi. 32 yoshli futbolchi klub safiga 2015 yilda kelib qo‘shilgan va barcha musobaqalarda 413 ta o‘yinda maydonga tushib, 169 ta gol 90 ta assist qayd etdi.

Koreyalik vinger joriy mavsum jamoa tarkibida barcha musobaqalarda 23 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 6 ta golga assist amalga oshirdi. Son Xyon Minning narxi “Transfermarkt” portalida 38 million yevroga baholangan.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Tottenxem Son Xyon Min

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing