“Barselona” “City” futbolchisini sotib olishi mumkin

Sport

image

“Manchester City”ning germaniyalik yarim himoyachisi Ilkay Gyundogan faoliyatini “Barselona”da davom ettirishi mumkin. Bu haqda jurnalist, insayder Fabritsio Romano xabar berdi.

31 yoshli futbolchiga “Barselona” va Londonning “Arsenal” klublari qiziqmoqda. Qolaversa, Gyundoganga Germaniya Bundesligasining ayrim klublari taklif bilan chiqmoqda.

Shuningdek, yarim himoyachi faoliyatini Amerika MLS ligasida yokiT urkiya chempionati klublaridan birida davom ettirishi mumkinligi haqida  ham xabarlar bor.

Ma’lumot o‘rnida, Ilkay Gyundogan 2016 yilning 1 iyulida Dortmundning “Borussiya” klubidan “Manchester City”ga o‘tgan edi. Gyundogan joriy mavsumda “City” safida APLda 26 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. “Transfermarkt” ma’lumotlariga ko‘ra, uning hozirgi narxi 35 mln yevroni tashkil qiladi.

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Barselona Siti

Baholaganlar

16

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing