“Barselona” “Siti” futbolchisini xarid qilmoqchi

Sport

image

“Manchester Siti” hujumchisi Rahim Sterling faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi mumkin. Bu haqda “Sport.es” nashri xabar berdi. Manbaga ko‘ra, “Barselona” angliyalik futbolchini sotib olmoqchi.

Ta’kidlanishicha, ispan klubi qishki transfer oynasida 26 yoshli futbolchini sotib olishni asosiy maqsad qilib qo‘ygan. Kataloniya klubi yozda Sterlingni ijaraga olmoqchi bo‘lgan, ammo futbolchi Angliyada qolishni afzal ko‘rgandi. 

Eslatib o‘tamiz, Rahim Sterling joriy mavsumda barcha turnirlarda oltita o‘yin o‘tkazdi va bitta gol urdi.

Ma’lumot uchun, “Kuinz Park Reynjers” tarbiyalanuvchisi hisoblangan Sterling 2015 yilda “Liverpul”dan “Manchester Siti”ga o‘tgan edi. Futbolchining klub bilan shartnomasi 2023 yilning iyunida yakuniga etadi. Uning transfer narxi 90 million yevroga baholamoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Manchester Siti Rahim Sterling

Baholaganlar

27

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing