“Barselona” sharmanda bo‘lgan o‘yinda Messi yana bir rekordni takrorladi 

Sport

image

"Barselona" hujumchisi Lionel Messi "Real"ning sobiq hujumchisi Raul Gonsalesning rekordini takrorladi. Bu haqda "Gracenote Live" xabar bergan.  

Messi Chempionlar Ligasi 1/8 final bosqichining dastlabki uchrashuvida Parijning "PSJ" jamoasiga qarshi o‘yinda gol urdi. U o‘yinning 27-daqiqasida penaltini amalga oshirdi. 

Shu tariqa, argentinalik futbolchi Chempionlar Ligasida ketma-ket 17 yildan buyon gol urib kelmoqda.  

Argentinalik futbolchiga qadar bunday natijaga faqat Raul Gonsales erishgan.
Ma’lumot o‘rnida, "Barselona" "PSJ"ga (1:4) yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Messi Raul'

Baholaganlar

1594

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing