“Barselona” “Real”ning natijasini takrorladi
Sport
−
14 yanvar
275212 yanvar kuni Ispaniya Superkubogining final uchrashuvida “Real” va “Barselona” klublari to‘qnash keldi. Jamoalar Saudiya Arabistonining Jidda shahridagi neytral “Qirol Abdulla Sports Siti” stadionida o‘ynadi va “Barselona” “Real”ni 5:2 hisobida mag‘lub etib, “qirollik klubi” bilan qarama-qarshilik tarixida o‘ziga xos rekord o‘rnatdi. Bu haqda “Opta Sport” xabar berdi.
Bu “Barselona”ning “El-Klasiko” tarixida birinchi marta ketma-ket ikki o‘yinda to‘rt yoki undan ko‘p gol urishi hisoblanadi. Bungacha “Real”ga qarshi o‘yinda Flik shogirdlari La Liganing 11-turida 4:0 hisobida zafar quchgandi.
Oxirgi marta bir jamoa buni 1963 yilda uddalagan, o‘shanda “Real” “Barselona”ni qatorasiga ikki marta (5:1, 4:0) mag‘lub etgandi.
Ma’lumot uchun, “Real” ustidan qozonilgan g‘alaba orqali “Barselona” o‘z tarixida 15 marta mamlakat superkubogini qo‘lga kiritdi. “Real” esa 13 marta Ispaniya superkubogiga ega chiqqan.
LiveBarchasi