“Barselona” rahbariyati Xolandning agenti bilan uchrashdi

Sport

image

Kecha, 13 dekabr kuni “Barselona” prezidenti Joan Laporta va klub direktori Mateu Alemani taniqli futbol agenti Mino Rayola bilan uchrashdi. Bu haqda “Mundo Deportivo” nashri xabar berdi.

“Ko‘k-anorranglilar” rahbariyati Pedriga “Golden boy” mukofoti topshirilishi munosabati bilan Turinga (Italiya) uchib borgan va agent bilan suhbatlashishgan.

Suhbat chog‘ida “Borussiya Dortmund” klubi hujumchisi Erling Xolandning ehtimoliy transferi ham muhokama qilingan. Qayd etilishicha, Laporta Rayoladan tekshiruvlarni kamaytirishni so‘ragan va futbolchi Xavi boshchiligidagi jamoaning muhim figurasiga aylanishini aytgan.

Tomonlar Xollanddan tashqari “Ayaks” himoyachisi Nussar Mazraui masalasini ham muhokama qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Erling Xolandning “arilar” bilan shartnomasi 2022 yilning yozida o‘z yakuniga yetadi va uning tovon puli 75 million yevro qilib belgilangan. “Real Madrid” esa futbolchi jamoasini tark etgan taqdirda, uni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi ekani haqida xabarlar tarqalgan edi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Xoland Turin Laporta Rayola Mazraui

Baholaganlar

30

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing