“Barselona” Pedridan keyin Gavi bilan ham shartnomani uzaytirdi

Sport

image

Kataloniyaning “Barselona” klubi yarim himoyachi Gavi bilan shartnomani uzaytirdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, “ko‘k-anorranglilar” va Gavi o‘rtasidagi yangi shartnoma 2030 yilga qadar imzolandi. Ta’kidlanishicha, futbolchining tovon puli 1 milliard yevro etib belgilanadi.

Ma’lumot o‘rnida, Gavi “Barselona” asosiy jamoasiga 2021 yilda qo‘shilgan. U joriy mavsum klub safida barcha musobaqalarda 20 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 3 ta assist amalga oshirdi. 20 yoshli futbolchining narxi “Transfermarkt” portalida 80 million yevroga baholangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, “Barselona” Pedri bilan ham shartnomani 2030 yilgacha uzaytirgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Kataloniya Gavi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing