“Barselona” “Oltin to‘p” sohibi bilan shartnomani uzaytirdi
Sport
−
17 Sentabr
2917“Barselona” ayollar jamoasi futbolchisi Aytana Bonmati bilan shartnomani uzaytirdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
26 yoshli ispaniyalik futbolchi 2028 yilning 30 iyuniga qadar “Barselona”da qoladi.
Aytana “Barselona” safida 275 o‘yin o‘tkazib, barcha musobaqalarda 96 ta gol urdi. U klub tarixidagi eng yaxshi to‘purar hisoblanadi.
Asosiy jamoadagi faoliyati davomida u 23 ta sovrinni qo‘lga kiritdi. Qolaversa, o‘tgan yili futbolchi “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritgandi.
LiveBarchasi