“Barselona” Obameyang bilan shartnoma imzoladi

Sport

image

“Arsenal”sobiq sardori Per-Emerik Obameyang “Barselona” bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda Kataloniya klubi matbuot xizmati xabar berdi. 

Avvalroq, “kanonirlar” tomonlarning o‘zaro kelishuviga ko‘ra hujumchi bilan shartnomani bekor qilgani ma’lum bo‘lgandi. Shunga ko‘ra, hujumchi kataloniyaliklar safiga erkin agent sifatida kelib qo‘shildi. Uning haftalik maoshi 5000 yevroni tashkil etadi.

Obameyangning “Barselona” bilan shartnomasi 2025 yilning iyunigacha amal qiladi. Shartnomada kompensatsiya miqdori – 100 million yevro etib belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, 2021 yilning 14 dekabr kuni gabonlik hujumchi “Arsenal” sardori maqomidan mahrum qilingan edi. Klub jiddiy intizomiy qoidabuzarlik uchun Obameyangddan bog‘ichni olib qo‘yishga qaror qilgan.

Ma’lumot uchun, Obameyang joriy mavsum Angliya Premer ligasida 14 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urgan va bitta golli uzatmani amalga oshirgan.
 


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Arsenal Obameyang

Baholaganlar

21

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing