“Barselona”ning Yevro-2024 qahramonini transfer qilish imkoniyati ortmoqda

Sport

image

Germaniyaning “RB Leypsig” klubi hujumkor yarim himoyachisi Dani Olmoning yozda “Barselona”ga o‘tishi ehtimoli kundan-kunga ortib bormoqda. Bu haqda futbol jurnalisti Jerar Romero X sahifasida ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, “Barselona” futbolchining o‘zi va uning vakillari bilan doimiy aloqada. 25 iyul kuni futbolchi vakillari yana bir uchrashuv bo‘lib o‘tgan va tomonlar transferning ideal formulasini topishga harakat qilgan.

“RB Leypsig” 40 million yevro + 20 million bonus to‘lashga tayyor bo‘lgan kataloniyaliklarning birinchi taklifini rad etdi, biroq “Barselona” endi yangi so‘rov tayyorlamoqda.

Shu bilan birga, Olmoning transferi “Barselona” “Bilbao”ning “Atletik” klubi vingeri Niko Uilyamsni sotib olishi mumkinligiga bog‘liq emasligi ma’lum. Kataloniyaliklar ikkala futbolchi bilan ham kelishuvga erishmoqchi.

Ma’lumot uchun, Olmo “Barselona” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi, lekin 16 yoshida u “Dinamo Zagreb” akademiyasiga o‘tdi. 2020 yilning qishida Olmo “Leypsig” futbolchisiga aylandi va u nemis klubi safida 148 ta o‘yin o‘tkazib, 29 ta gol urdi va 34 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Dani Ol'mo RB Leyptsig

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made