“Barselona”ning YeCHLdan qancha foyda ko‘rgani ma’lum bo‘ldi

Sport

image

“Barselona” klubining Yevropa Chempionlar ligasidan olgan daromadi 70 million yevrodan oshdi. Bu haqda “Mundo Deportivo” xabar berdi. 

29 noyabrga o‘tar kechasi Kataloniya klubi Yevropa Chempionlar ligasi (YeCHL) guruh bosqichining 5-turi doirasida Portugaliyaning “Portu” klubini mag‘lub etdi (2:1) va pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

“Portu”ga qarshi o‘yinda “Barselona” g‘alaba uchun 2,8 million yevro, nimchorak finalga chiqqani uchun esa yana 9,6 million yevro oladi.  

“Barselona” o‘zi uchun reyting, guruh bosqichidagi o‘yinlari va 3 ta g‘alaba uchun bonuslarni ham hisoblaganda 58 million yevro daromadni kafolatlagan. 

Ortda qolgan 5 ta turdan keyin “ko‘k-anorranglilar” “H” guruhida 12 ochko bilan 1-o‘rinni naqd qilgan. 9 ochko to‘plagan “Portu” esa 2-o‘rinni egallagan. Shuningdek, Ukraininag “Shaxtyor” jamoasida ham xuddi shuncha ochko mavjud. Guruh bosqichining 6-turida aynan “Portu” va “Shaxtyor” keyingi bosqich yo‘llanmasi uchun bahs olib borsa, “Barselona” safarda Belgiyaning “Antperven” klubi bilan kuch sinashadi.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona EChL Kataloniya Mundo Deportivo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing