“Barselona”ning tajribali futbolchisi “Arsenal”ga o‘tishi mumkin

Sport

image

“Arsenal” “Barselona”ning tajribali himoyachisi Serxi Robertoga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda “Sport.es” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, agar Kataloniya klubi unga yangi shartnoma taklif qilmasa, ispaniyalik futbolchi APLga o‘tishi mumkin. “Arsenal” Serxi Robertoni tajribasi va ko‘p qirrali o‘yin uslubiga ishonmoqda. Biroq futbolchining o‘zi hozircha boshqa variantlarni ko‘rib chiqmayapti.

Bir yil oldin “Barselona” Roberto bilan shartnomani yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati bilan yangilagandi, biroq, agar Serxi ketishiga to‘g‘ri kelsa, u holda futbolchining Yevropada faoliyatini davom ettirishi ustuvor vazifa bo‘ladi.

Ma’lumot o‘rnida, Roberto “Barselona” futbol maktabi tarbiyalanuvchisi. U 2009 yilda kattalar futbolida debyut qilgan, “Barselona B” jamoasida o‘ynagan. 2011 yilda “Barselona”ning asosiy jamoasiga qo‘shilgan. Hozirgacha u Kataloniya klubi safida milliy chempionatda 199 ta o‘yin o‘tkazdi.

2015/16 yilgi mavsumda Serxi Roberto 49 ta o‘yinda maydonga tushib, “Barselona”ning asosiy o‘yinchisiga aylandi. Joriy mavsumda futbolchi kataloniyaliklar safida 8 ta o‘yinda 3 ta gol urdi. U 2010 yildan beri 405 ta o‘yinda 21 ta gol va 43 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Arsenal Serxi Roberto

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made