“Barselona”ning rejasi amalga oshdi
Sport
−
09 yanvar 6230 1 daqiqa
Kataloniyaning “Barselona” klubi futbolchilari Pau Viktor va Dani Olmoni La Ligadan ro‘yxatdan o‘tkaza oldi. Bu haqda chempionat matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Ispaniya futbol federatsiyasi va La Liga rahbariyati futbolchilar Dani Olmo va Pau Viktorning chempionat uchun ro‘yxatdan o‘tkazishga ruxsat bergan.
Ma’lumot o‘rnida, bunga qadar “Barselona” ikki futbolchisini ro‘yxatdan o‘tkazish borasida ikki marotaba rad javob olgandi.
Eslatib o‘tamiz, Dani Olmo atrofidagi muammolar sabab, futbolchi uchun “Real Madrid” kurashga qo‘shilgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi