“Barselona”ning muhim futbolchisi “Bavariya” bilan o‘yinni o‘tkazib yuborishi mumkin

Sport

image

“Barselona”ning 26 yoshli hujumkor yarim himoyachisi Daniel Olmo “Bavariya” bilan 23 oktyabr kuni Ispaniyada bo‘lib o‘tadigan Yevropa Chempionlar ligasi (YeCHL) 3-tur uchrashuvida maydonga tushmasligi mumkin. Bu haqda “Diario Sport” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Olmoning atrofidagilar jarohati qaytalanishi xavfidan qo‘rqmoqda, shu bois yarim himoyachi Ispaniya chempionatida “Sevilya” bilan 10-tur uchrashuvida maydonga tushmadi va ehtimol u keyingi o‘yinda ham maydonga tushmaydi.

Qayd etish joiz, Olmo oxirgi marta Ispaniya La Ligasining 5-turi doirasidagi “Jirona”ga (4:1) qarshi o‘yinda maydonga tushgan edi. Aynan shu o‘yinda u jarohat oldi.

Ma’lumot uchun, Olmo joriy mavsum kataloniyaliklar safida 3 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi. U shu yil yozda 60 million yevro evaziga “Leypsig”dan “Barselona”ga o‘tgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Daniel' Ol'mo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing