“Barselona”ning 16 yoshli a’zosi 2 ta rekord o‘rnatdi

Sport

image

“Barselona”ning 16 yoshli yarim himoyachisi Lamin Yamal Ispaniya La Ligasi tarixida dubl qayd etgan eng yosh futbolchiga aylandi. Bu haqda futbol jurnalisti Fabritsio Romano o‘z X sahifasida ma’lum qildi. 

Ispaniya chempionatining 24-turidan o‘rin olgan “Granada” bilan o‘yinda (3:3) Yamal ikkita gol urdi.

Shuningdek, Yamal gol+pas tizimida 10 ochkoga erishgan eng yosh futbolchi bo‘ldi. Lamin buni 16 yoshu 213 kunligida uddaladi.

Yamal kataloniyaliklar tarbiyalanuvchisi bo‘lib, u 2023 yilning yozida “Barselona”ning asosiy jamoasiga qo‘shilgandi. Joriy mavsumda 16 yoshli futbolchi “ko‘k-anorranglilar” safida barcha musobaqalarda 33 ta o‘yin o‘tkazib, 5 ta gol urdi va xuddi shuncha golli uzatmani amalga oshirdi. “Transfermarkt” internet portaliga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 60 million yevroni tashkil qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Lamin Yamal

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made