“Barselona” Neymarning transferi uchun ayyorona reja tuzdi
Sport
−
10 avgust 2023
6013PSJ braziliyalik hujumchisi Neymarning minimal narxini belgiladi, futbolchi uchun asosiy da’vogar bo‘lgan “Barselona” esa u bilan shartnoma imzolashning yangi usulini topdi. Bu haqda “Sport.es” xabar berdi.
Qayd etilishicha, nomi oshkor qilinmagan Saudiya klubi PSJ hujumchisi Neymarni transfer oynasi yopilguniga qadar sotib olish niyatida. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, klub rahbariyati mazkur rejani uch tomonlama amalga oshirmoqchi, yani ular avvaliga Neymarni Fransiya klubidan sotib olish va uni “Barselona”ga ijaraga berish, shu bilan birga uning maoshining bir qismini to‘lashni rejalashtirmoqda.
“Arabiston bilan bo‘lgan variant Neymarga yoqmadi, ammo Ispaniyada o‘ynash imkoniyati uni qiziqtirishi aniq. Ayni paytda uch tomonlama operatsiya bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda, uning davomida “Barselona” futbolchi uchun maksimal ish haqi chegarasini belgilashi kerak”, deyiladi xabarda.
Hozirda Neymarda faoliyatini davom ettirish uchun uchta variant bor: APL, MLS va Saudiya Arabistoni chempionati.
Ma’lumot uchun, 2017 yilda PSJ Neymarni “Barselona”dan rekord miqdordagi 222 million yevroga sotib olgan edi, uning Parij klubi bilan shartnomasi 2025 yil iyun oyi oxirigacha amal qiladi. Saudiya Arabistoni klubi esa braziliyalik futbolchi uchun 400 million yevrolik shartnoma tayyorlamoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Luis Enrike boshchiligidagi PSJ murabbiylar shtabi Neymarning ehtimoliy transferiga xalaqit bermasligi xabar qilingandi. Biroq Kataloniya klubidagi moliyaviy ahvol tufayli Neymarning “Barselona”ga qaytishi dargumon.
LiveBarchasi