PSJ Neymarga narx belgiladi

Sport

image

Fransiyaning PSJ klubi braziliyalik hujumchi Neymarni kamida 150 million yevroga sotishga tayyor. Bu haqda AS xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Neymar PSJni tark etmoqchi, biroq Fransiya klubi futbolchining ehtimoliy transferi uchun moliyaviy imtiyozlar bermoqchi emas. Shu bilan birga, parijliklar futbolchining maoshini tejash maqsadida ijaraga berish variantini ham ko‘rib chiqishi mumkin. Faqat ijara shartnomasida Neymarni keyingi mavsumda majburiy sotib olish varianti bo‘lishi kerak.

Hozirda Neymarda faoliyatini davom ettirish uchun uchta variant bor: APL, MLS va Saudiya Arabistoni chempionati.

Neymar 2017 yildan beri PSJda o‘ynab kelmoqda. Futbolchining klub bilan shartnomasi 2025 yilgacha mo‘ljallangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq  Luis Enrike boshchiligidagi PSJ murabbiylar shtabi Neymarning ehtimoliy transferiga xalaqit bermasligi xabar qilingandi. Kataloniya klubidagi moliyaviy ahvol tufayli Neymarning “Barselona”ga qaytishi dargumon.


Maqola muallifi

Teglar

Neymar PSJ

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing