“Barselona” Neymarning ortidan Grizmanning transferini ham hal qildi

Sport

image

Xabaringiz bor, avvalroq, Fransiya terma jamoasining hujumchisi Antuan Grizmanning “Barselona” klubiga o‘tishi borasida fikr-mulohazalarimizni bildirgan edik.

Bugun, 25 iyun kuni xorij OAVlarida tarqalgan ma’lumotlarga ko‘ra, ispan grandi rasman 1 iyul kuni Antuan Grizmanni “Barselona” futbolchisi sifatida ommaga tanishtiradi.

Futbolchining shu paytga qadar transfer qilinmaganiga Grizmanning “Atletiko” klubi bilan tuzgan shartnomasidagi ko‘rsatilgan 200 mln yevro tovon puli sabab bo‘lib turgandi. 1 iyul kuni bu miqdor 120 mlnga tushadi va shu kuni klub va futbolchi o‘rtasida 5 yillik shartnoma imzolanadi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq braziliyalik futbolchi Neymarning “Barselona” bilan 5 yillik shartnoma bo‘yicha og‘zaki kelishuvga erishganini ma’lum qilgan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Neymar Atletiko Grizmann

Baholaganlar

92

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing