“Barselona”, “Milan” va bir qator klublar Reshford uchun kurashmoqda

Sport

image

“Manchester Yunayted” hujumchisi Markus Reshford hali bo‘lajak jamoasi borasida bir qarorga kelganicha yo‘q. Bu haqda futbol jurnalisti Matteo Moretto X sahifasida ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, ingliz futbolchisining agenti bilan muzokara olib borayotgan “Manchester Yunayted” va “Milan” o‘rtasida hozircha kelishuv yo‘q. “Barselona” ham futbolchi uchun kurashda, biroq kataloniyaliklar Ansu Fati kelajagi masalasini hal qilmagani uchun faol muzokaralar olib bormayapti.

Reshfordni shuningdek, “Yuventus”, “Borussiya Dortmund” va Angliya chempionatining bir qancha klublari ham kuzatib bormoqda.

Hozirda milanliklar Reshfordning javobini kutmoqda, chunki angliyalik futbolchining tanlovi “rossonerilar”ning “Manchester Siti” himoyachisi Kayl Uoker bilan keyingi muzokaralarini belgilab beradi. Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lmagan o‘yinchilar qoidasi tufayli “Milan” faqat bitta transferni amalga oshira oladi.


Maqola muallifi

Teglar

Manchester Yunayted Markus Reshford Milan

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing