“Barselona” Messiga maxsus esdalik sovg‘a topshirdi 

Sport

image
0:00
0:00
download

Kataloniyaning "Barselona" klubi hujumchi Lionel Messining jamoadagi o‘yinlar soni bo‘yicha rekordi sharafiga unga esdalik sovg‘a topshirdi.  

Forvardga u "ko‘k-anorranglilar" safida debyut qilganida kiygan futbolkasi sovg‘a sifatida topshirilgan. 

Ushbu futbolkada Kataloniya klubi tarixidagi eng taniqli futbolchilarning imzolari mavjud. 

Ma’lumot o‘rnida, Messi 21 mart kuni Ispaniya chempionatining "Real Sosedad"ga qarshi o‘yinida (768 uchrashuv) Xavini (767 uchrashuv) ortda qoldirib, rekord o‘rnatgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Messi sovg'a

Baholaganlar

683

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing