“Barselona” maoshlarni keskin kamaytirmoqchi

Sport

image

Ispaniyaning “Barselona” jamoasi futbolchilarning maoshi uchun sarflanadigan xarajatlarni sezilarli darajada kamaytirmoqchi. Bu haqda  “Diario Sport” nashri xabar berdi

Manbaga ko‘ra, “ko‘k anorrangliar” ish haqini 560 million yevrodan 400 million yevrogacha qisqartirishni rejalashtirmoqda. Klub buni amalga oshirish qiyin bo‘lishini biladi, ammo baribir “Barselona” hozirgi moliyaviy jihatdan qiyin vaziyatda futbolchilarning oyligini tushirishning ilojini topishi kerak.

Qayd etish joizki, “ko‘k anorranglilar” rahbariyati maoshlarni kamaytirish uchun futbolchilarni sotish va ba’zi hollarda hattoki shartnomalarni bekor qilishni o‘ylamoqda. Bu orqali moliyaviy ahvolni biroz bo‘lsa-da, izga solish maqsad qilingan. Ammo bunga klub futbolchilarining rozi bo‘lishi noma’lum bo‘lib turibdi.

Avvalroq, “Barselona” yozgi transfer oynasida 700 million yevro sarflashini niyat qilgani haqida xabar berilgan edi. Shuningdek, "Barselona" Yevropadagi eng qarzdor jamoa ekanligi ham ma’lum qilingan.

 

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

20

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing