Yevropaning qarzga botgan klublari reytingi e’lon qilindi

Sport

image

“Football Transfers” talqiniga ko‘ra va nufuzli “Deloitte” buxgalterlik firmasining tahliliy hisobotlarining ko‘rsatishicha, “Barselona” Yevropaning eng qarzdor klublari ro‘yxatida birinchi o‘rinni egallab turibdi. 

Manbaga ko‘ra, “ko‘k-anorranglilar”ning 1,3 milliard yevro qarzi yig‘ilib qolgan. Mana shu sababdan "Barselona" o‘tgan yozda argentinalik yulduz 33 yoshli hujumchi Lionel Messi bilan shartnomani uzaytira olmagan.

Reytingda ikkinchi o‘rin 900 million yevro qarzi yig‘ilib qolgan Italiyaning “Yuventus” klubiga tegishli. Kuchli uchlikni Angliya Premer ligasining “Tottenxem” klubi 826 million yevro qarzi bilan yakunlab turibdi. “Shporlar” qarzining katta qismini stadion qurilishi uchun olingan kreditlar tashkil etadi. 

Eng ko‘p qarzdorlik bo‘yicha to‘liq o‘ntalik reyting quyidagicha ko‘rinish olgan:

“Barselona” –  1,3 mlrd yevro (qarz miqdori);

“Yuventus” – 900 mln yevro;

“Tottenxem” – 826 million yevro;

“Inter” –  702 mln yevro;

“Milan” – 666 million yevro;

“Real Madrid” – 662 million yevro;

“Arsenal” –  625 mln yevro;

“Atletiko” –  523 mln yevro;

“Manchester Yunayted” – 420 million yevro;

“Liverpul” –  386 mln yevro.

Eslatib o‘tamiz, bundan oldin Yevropaning eng qimmat jamoalarining reytinggi e’lon qilingan edi.

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

805

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing