“Barselona” La Liganing Messi bo‘yicha qarorini kutmoqda

Sport

image

“Barselona” Ispaniya La Ligasi rahbariyatining argentinalik hujumchisi Lionel Messi bilan shartnomani tasdiqlash bo‘yicha qarorini kutmoqda. Bu haqda insayder Veronika Brunati o‘zining Twitter'ida xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, “Barselona”ning muzokaralari va taklifi La Liga Messini qo‘lga kiritish rejasini ma’qullashi bilanoq rasmiy tus oladi. Argentinalik futbolchining o‘zi allaqachon kataloniyaliklar unga taklif qilishlari mumkin bo‘lgan shartlardan xabardor. Messi uchun masalaning moliyaviy tomoni unchalik muhim emas, transferni tezlashtiruvchi asosiy omil Messining sobiq klubiga bo‘lgan his-tuyg‘ularidir.

Messini qo‘lga kiritish uchun “Barselona” bir nechta o‘yinchini sotishi va klub futbolchilarining maoshini qisqartirishi kerak.

35 yoshli Messining PSJ bilan shartnomasi iyun oyida nihoyasiga yetadi.


Maqola muallifi

Teglar

Lionel' Messi La Liga “Barselona”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing