“Barselona” La Liga rekordini o‘rnatdi
Sport
−
13 mart 2023 5107 1 daqiqa
“Barselona” Ispaniya chempionati 25-turi doirasidagi o‘yinda “Atletik Bilbao”ni minimal hisobda mag‘lub etib, yangi rekord o‘rnatdi. Bu haqda “Opta” xabar berdi.
Xavi Ernandes shogirdlari “Atletik” klubiga qarshi o‘yinning birinchi bo‘lim oxirida gol urdi. 25-turdan so‘ng kataloniyaliklar atigi 8 ta gol o‘tkazib yubordi, bu La Liganing joriy mavsumdagi rekordi sifatida qayd etildi. 25 turdan so‘ng 10 ta gol o‘tkazib yuborgan sobiq rekordchi klublar “Atletiko Madrid” va “Deportivo” hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Barselona“ va “Real”ning o‘yinlariga VAR (video assistent referi) aralashamaganda ikkala klubning ochkolari soni teng bo‘lishi ma’lum bo‘lgandi. Hozirda Kataloniya klubi azaliy raqibini turnir jadvalida 9 ochkoga ortda qoldirmoqda.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025