“Barselona” Xaviga chiqish eshiklarini ko‘rsatishi mumkin
Sport
−
16 yanvar
3350“Barselona” rahbariyati, agar “ko‘k-anorranglilar” ushbu haftada bo‘lib o‘tadigan o‘yinlarda qoniqarsiz natija ko‘rsatsa, Kataloniya klubi bosh murabbiyi Xavini iste’foga chiqarish variantini ko‘rib chiqadi. Bu haqda “Cadena Ser” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Xavini “Barselona” prezidenti Joan Laporta va sport direktori Deko qo‘llab-quvvatlasa-da, Kataloniya klubi kelasi payshanba kuni bo‘lib o‘tadigan “Uninistas Salamanka” bilan Ispaniya kubogining 1/8 o‘yinida muvaffaqiyatsiz ishtirok etsa, shuningdek, 21 yanvar kuni bo‘lib o‘tadigan “Betis” bilan Ispaniya chempionati o‘yinida qoniqarsiz natija qayd etilsa, Xavi ishdan bo‘shatilishi mumkin.
Ispaniyalik mutaxassisning o‘rniga esa “Barselona” “Atletik” bosh murabbiyi Rafael Markesni olib kelmoqchi.
Qayd etish joiz, “Barselona” oxirgi o‘yinini Ispaniya superkubogining finali doirasida o‘tkazib, azaliy raqibi “Real Madrid”ga yirik 4:1 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ygandi.